Toshkent viloyatida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.
Kuz–qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish maqsadida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan zarur ishlar mavsumning issiq oylaridayoq boshlab yuborilgan.
Ko‘p qavatli uylarning tom qismlari va kirish yo‘laklari ta’mirlanmoqda, elektr shitlari tartibga keltirilmoqda.
Shuningdek, Yangiyo‘l tumanida faoliyat yuritayotgan “Mumtoz Servis Yangiyo‘l tumani” MChJ mutaxassislari, Mahalla yettiligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi vakillari hamkorligida Ahil MFY, Samarqand ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar aholisi bilan uchrashib, mavjud muammolar o‘rganildi.
Aholi murojaatiga asosan, Navbahor MFY, 39-uy, 39-xonadon tom qismi va balkon usti “Mumtoz Servis” kompaniyasi tomonidan yumshoq qoplama (krovlya) materiali bilan yopilmoqda.
Maqsad — aholining qulay yashashi, uylarda iliq va xavfsiz muhit yaratishdir.
Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi
Toshkent viloyati Nurafshon shahar Toshkent yo`li shox ko‘chasi 32-uy
+998501021055: +998-95-146-28-80
FAKS: +998 95 146 28 80
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin:
Creative Isoft command
© 2022 - O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu sayt inSoft.uz kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan