Angren shahrida BSKlar tomonidan ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolar murojaatlari inobatga olinib, “Mustaqil ideal” BSK tomonidan amaliy ishlar bajarildi.

Xususan, “Mustaqillik” MFY, “Bunyodkor” ko‘chasi, 5-uyning 27- va 28-xonadonlariga tegishli tom qismi folgaizol qoplamasi bilan yopildi.

Mazkur ishlar aholining yashash sharoitini yaxshilash, ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash va murojaatlarda bildirilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilmoqda.