Bekobod shahrida ko‘p qavatli uy-joylarni boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shuningdek, aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida yangi amaliyot yo‘lga qo‘yilmoqda.  

Bekobod shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarga QR-kodli elektron raqamlarni o‘rnatish ishlari nazorat qilinmoqda.



Mazkur QR-kodlar orqali ko‘p qavatli uylar haqidagi zarur ma’lumotlarni raqamli shaklda olish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tizimlashtirish hamda mavjud muammolar bo‘yicha murojaatlarni tezkor yo‘naltirish imkoniyatlari kengayadi.

Nazorat jarayonida QR-kodli elektron raqamlarning belgilangan talablarga muvofiq va sifatli o‘rnatilishi, barcha ko‘p qavatli uylarni qamrab olish hamda ishlarning o‘z vaqtida yakunlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.