Nurobod mahallasida zamonaviy bolalar o‘yingohi barpo etilmoqda
Ohangaron tumani «Nurobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 52-sonli ko‘p qavatli uy atrofida bolalar uchun zamonaviy o‘yingoh barpo etilmoqda.
Mazkur bunyodkorlik ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-48-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi — ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi, ayniqsa, bolalar uchun xavfsiz, zamonaviy va qulay dam olish maskanini yaratish.
 Ayni paytda Ohangaron tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan dastur doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganilib, nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Nazorat davomida qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha asosida bajarilishi, amaldagi talab va me’yorlarga rioya etilishi, ishlarning sifati hamda dasturda belgilangan vazifalarning to‘liq bajarilishi nazoratga olingan.