Chirchiqda ko‘p qavatli uylar tutash hududlari obodonlashtirilmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosi doirasida Chirchiq shahrida amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni bilan tanishildi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va Nurafshon telekanali jurnalistlari shahardagi ko‘p kvartirali uylar tutash hududlarida olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yangilash ishlarini o‘rgandi.
Ayni paytda Chirchiq shahrida obodonlashtirish, zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish, mavjud hududlarni rekonstruksiya qilish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ishlar jadal davom etmoqda.
Jarayonlar OAV vakillari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va natijalari yoritilmoqda.