Ma’lumot o‘rnida, Toshkent viloyatidagi jami 5 033 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud. Shundan 3 ming 441 tasi yoki 70 foiz markazlashgan Individual issiqlik tizimi ta’minotidan foydalanmoqda. 

Qolgan 1 ming 592 tasi 32 foiz  alternativ usulda, ya’ni qo‘lbola pechlar, golland pechlari, issiq suv kolonkalari, elektr isitgichlar yoki boshqa turdagi loyihasiz isitish tizimidan foydalanib kelmoqda. 
 
Viloyatda bugungi kunda jami 50 ta qozonxonalar mavjud bo‘lib, shundan 47 tasi soz holatda. Ushbu qozonxonalarda jami 144 ta qozonlar va 274 km issiqlik tarmoqlari mavjud. 
 
2024-2025 yillar korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan jami 19 ta qozonlar va 38,9 km issiqlik tarmoqlarini joriy ta’mirlandi. Bugungi kunda 3 889,0 mln.so‘m mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 6 ta qozonlar, 7,8 km issiqlik quvurlari mukammal ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.