Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Anvarovning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha murojaati

✅Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlashdir. Qurilish sohasi davlat va jamiyat manfaatlariga, shuningdek, aholining hayot sifatiga bevosita ta’sir qiluvchi muhim sohalardan biridir va doimo alohida e’tiborga sazovor bo‘lmoqda.

✅Shu sababli, Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2025-yil 5-martdagi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun va unga muvofiq Prezidentning PQ-210-son qarori doirasida barcha xodimlar ishtirokida seminarlar, uchrashuvlar va ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

✅Bosh boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlari xodimlarining mehnat huquqlari, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash sohasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. 
Shuningdek boshqarma tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida profilaktik tadbirlar, xususan, xodimlar bilan tushuntirish ishlarini amalga oshirish, suhbatlar oʻtkazish, targʻibot ishlarini amalga oshirish kabi keng koʻlamli ishlar amaga oshirilib kelinmoqda.

✅Shuningdek, Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh bosh boshqarmasida korrupsiya holatlari haqida axborot berish va ogohlantirish maqsadlarida, bir qator aloqa kanallari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan;
- rasmiy veb saytdagi aloqa kanali- https://www.minstroyrk.uz. (2020-yil 03 fevral kuni tashkil etilgan;
- telegram messenjeridagi aloqa kanali- https://t.me/toshvilqbb. (2022-yil 12-avgust kuni tashkil etilgan;
- Ishonch telefoni raqami-(95) 324-94-91 (2024-yilda yo‘lga qo‘yilgan).
Boshqarma binosida tashkil etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurash burchagi”dagi bannerlarga ushbu sayt va ishonch telefonlari aks ettirilgan.

✅Shu bois, barcha hamkasblarimizni halollik, mas’uliyat va qonun ustuvorligi tamoyillariga qat’iy rioya qilishga chaqiraman. Har bir loyihada shaffoflikni ta’minlash, ortiqcha to‘lov va noqonuniy harakatlarga barham berish nafaqat professional burchimiz, balki jamiyat oldidagi sharafli vazifamizdir. Bizning harakatlarimiz halollik va adolat asosida bo‘lsa, mamlakatimiz gullab-yashnaydi, kelajagimiz mustahkam bo‘ladi.

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi

Telegram (https://t.me/toshvilqbb)
TOSHKENT VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI BOSHQARMASI
Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining rasmiy kanali