Taraqqiyot mahallasidagi 20-uyning tom qismi ta’mirlandi

Taraqqiyot mahallasida 20-uyning tom qismi joriy ta’mirdan chiqarildi. Umumiy 70 kv.m maydonni o‘z ichiga olgan ta’mirlash ishlari “Bekzod Servis 777” MCHJ va BSK (Boshqaruv Servis Kompaniyasi) tomonidan amalga oshirildi.

Tomdagi mavjud nosozliklar bartaraf etilib, yomg‘ir suvi o‘tishining oldi olindi. Endilikda ushbu uyning aholisi uchun yanada xavfsiz va qulay yashash sharoitlari yaratildi.

Ta’mirlash ishlari belgilangan tartibda va sifatli bajarildi.

 Shunday ishlar boshqa ko‘p qavatli uylarda ham bosqichma-bosqich davom ettiriladi.