Muammo bormi? “Kuz-qish shtabi”ga murojaat qiling!

❄️ Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazish bo‘yicha “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik shtabi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shtab tomonidan shahardagi muammolarni tezkor aniqlash va bartaraf etish, muammoli hududlarda vaziyatni barqarorlashtirish hamda kommunal va obodonlashtirish xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

❗️Agar hududingizda:
 obodonlashtirish va tozalik;
 maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish;
 ko‘cha va hududlarni saqlash;
 kommunal xizmatlar;
 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, bu haqda mas’ullarga xabar bering!

Call-markaz: +998 55 903 21 58
Murojaatlar boti: @Nurafshon_shahri_BSK⁠

Sizning murojaatingiz — muammoni o‘z vaqtida aniqlash va tezkor bartaraf etishning muhim omili.