Ohangaron tumanida ko‘p qavatli uylar tutash hududlari obodonlashtirilmoqda

Ohangaron tumanida ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, uylar tutash hududlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

 Jumladan, 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosi doirasida Ohangaron tumani Nurobod MFY hududidagi 40-, 46-, 47-, 52- va 59-sonli ko‘p qavatli uylar tutash hududlarida irrigatsiya tarmoqlarini yangilash va ta’mirlash ishlari boshlangan.

 Mazkur ishlar doirasida irrigatsiya tarmog‘i uchun lotoklar tortilib, ularni mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

 Ishlarning sifatli va loyiha talablariga muvofiq bajarilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ohangaron tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan obyektdagi ishlar nazorat qilinib, barcha jarayonlarning tasdiqlangan loyiha asosida amalga oshirilishi nazorat qilinmoqda.