Chirchiq shahrida ko‘p qavatli uylar atrofi yangi qiyofa kasb etmoqda

Prezidentimizning PQ-48-son qarori ijrosi doirasida Chirchiq shahridagi ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarni ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda shaharda 972 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, ularda 38 700 dan ortiq xonadon istiqomat qiladi.

Loyiha doirasida:

 23 ta bolalar maydonchasi barpo etiladi;
 1 800 pogon metr irrigatsiya tarmoqlari ta’mirlanadi va tiklanadi;
 1 000 pogon metr ichki yo‘llar ta’mirlanadi.

Eski uylarga yangi qiyofa

Obodonlashtirish bilan bir qatorda, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash va ularning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar ham amalga oshirilmoqda.

Loyiha yakunida hududlar zamonaviy va obod ko‘rinishga keltirilib, aholining dam olishi, sport bilan shug‘ullanishi hamda bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratiladi.